Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 14 848,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,0% ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami xajmi 12 227,9 mlrd. so‘mni yoki sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 82,4%ni tashkil etdi.
Shuningdek, tog‘-kon sanoati - 59,4 mlrd. so‘m yoki 0,4%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish – 2 412,5 mlrd. so‘m yoki 16,2%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish - 148,8 mlrd. so‘m yoki 1,0%ni tashkil etilgani qayd etildi.
Viloyatda sanoat ishlab chiqarish tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (31,3%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (18,0%) va kiyim ishlab chiqarish (13,9%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Viloyat YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 14,8%ni tashkil etib, 2022 yil hisobot davriga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan.
Hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 38,9%ni) shuningdek, To‘raqo‘rg‘on (19,4%), Chust (10,1%) va Uychi (5,3%), Kosonsoy (5,3%), Uchqo‘rg‘on (4,5%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng past ko‘rsatkich esa Norin (1,4%) va Yangiqo‘rg‘on (1,2%) tumanlarida qayd etildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi viloyat bo‘yicha o‘rtacha 4 911,4 ming so‘mni tashkil etib, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga To‘raqo‘rg‘on tumani (11 911,5 ming so‘m), Namangan shahrida (8 422,5 ming so‘m), Chust tumanida (5 344,5 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan yuqoriligi kuzatilgan.
2023 yilning hisobot davrida viloyatda 693 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, jami faol sanoat korxonalar soni 5 084 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6 388,1 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 106,7% ga ko‘paygan holda, uning jami sanoatdagi ulushi 43,0% ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib 46,3%ni, shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumanida 11,1%, Kosonsoy tumanida 9,8%, Chust tumanida 7,5%, Chortoq tumanida 4,9% va Uychi tumanida 4,8%ni tashkil etdi.
Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining hududlar kesimida yuqori darajada o‘sish ko‘rsatkichlari Uychi (164,1%), Chortoq (116,8%) tumanlari, Namangan shahri (116,6%), Chust (114,2%) va Kosonsoy (113,4%) tumanlarida, pasayish ko‘rsatkichlari Yangiqo‘rg‘on (69,4%), Uchqo‘rg‘on (64,8%) va Pop (81,1%) tumanlarida qayd etilgani kuzatildi.
Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi o‘rtacha ko‘rsatkichi 2 113,0 ming so‘m bo‘lgani holda, Namangan shahrida (4 318,0 ming so‘m), To‘raqo‘rg‘on (2 942,9 ming so‘m) va Kosonsoy (2 788,7 ming so‘m) tumanlarida o‘rtacha viloyat ko‘rsatkichidan yuqoriligi qayd etildi.
Izoh qoldirish