Namangan viloyatining demografik holati tahlili

Namangan viloyatining demografik holati tahlili

2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra Namangan viloyatida doimiy yashovchi aholi soni 2023 yil boshiga nisbatan 68,6 ming kishiga yoki 2,3%ga ko‘payib, jami 3 066 ming kishini tashkil etmoqda.

Jumladan, shahar aholisi 1 989 ming kishiga (jami aholining 64,9%), qishloq aholisi esa 1 077 ming kishiga (jami alohiling 35,1%) yetgan.

Namangan viloyati aholi soni bo‘yicha respublikada Samarqand (4 209 ming), Farg‘ona (4 062 ming), Qashqadaryo (3 561 ming) va Andijon (3 394 ming) dan keyin 5-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra aholi sonining taqsimlanishi 1 558 ming erkaklar (50,8%), 1 507 ming (49,2%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, viloyat aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74 yoshni tashkil etgan (erkaklar uchun 72,9 yosh, ayollar uchun 76,0 yosh).

2023 yilning yanvar-dekabr oylari davomida viloyatda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 84,5 mingtani, o‘limlar soni 13,8 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 23,3 mingtani va nikohdan ajralishlar soni 4,4 mingtani tashkil etgan.

Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 2,6 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan bo‘lsa 4,7 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.

Hududlar kesimida qaralganda, Namangan shahri (697 ming), Chust (286 ming) va To‘raqo‘rg‘on tumani (245 ming) viloyatdagi eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi hududlar hisoblanadi.

Viloyat bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 412 kishi to‘g‘ri kelib, Namangan shahri (4 643 kishi), Namangan tumani (963 kishi) va To‘raqo‘rg‘on tumani (908 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kirgan.

Bahodir Xolmirzayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar