Namangan viloyatining 2022 yil I yarim yilligidagi tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari

Namangan viloyatining 2022 yil I yarim yilligidagi tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari

Namangan viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylarida jami tashqi savdo hajmi 608 070, ming AQSh dollarini tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davriga nibatan tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 116,4%ni tashkil etgan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport va importning ulushi mos ravishda 44,6% va 55,4%ni tashkil qilgan.

Mamlakatlar bo‘yicha Namangan viloyati eksport hajmida yuqori ulush Rossiya (127,2 mln. doll), Qirg‘iziston (39,3 mln. doll), Turkiya (27,7 mln. doll) Xitoy (23,6 mln. doll) va Qozog‘iston (16,7 mln. doll ) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yuqoridagi 5 ta mamlakat bilan ekport hajmi viloyatning umumiy eksport hajmining 86,5%ni tashkil qilgan. Umumiy eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 122,7% o‘sgan. Fransiya (29,23 ming doll), Bolgariya (29,2 ming doll), Niderlandiya (28,0 ming doll) va Yaponiya (0,1 ming doll) davlatlari bilan viloyatning eksport hajmi nisbatan past ulushga ega.

Namangan viloyati yanvar-iyun oylaridagi import hajmi o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 111,7% o‘sgan. Viloyat import hajmida Xitoy (137,5 mln. doll), Rossiya Federatsiyasi (54,8 mln. doll), Qozog‘iston (28,6 mln. doll), Turkiya (23 mln. doll) va Germaniya (10,4 mln. doll) davlatlarining ulushi yuqori ekanligi qayd etilgan.

Mazkur 5 ta davlatdan import hajmi viloyatning umumiy import hajmining 75,5% tashkil qilgan.

Namangan viloyati tashqi savdo aylanmasi tuman(shahar)lar kesimida tahlil qilinganda, Namangan shahri (221,1 mln. doll), To‘raqo‘rg‘on (66,2 mln. doll) va Chust (58,6 mln. doll) tumanlarining tashqi savdodagi ulushi yuqori ekanligi qayd etilgan. Norin tumani (16,7 mln. doll) va Mingbuloq (12,7 mln. doll ) tumanlarida esa 1-yarim yillikda tashqi savdo hajmi nisbatan past ekanligi kuzatilgan. Shuningdek, Namangan shahri (85,1 mln. doll), To‘raqo‘rg‘on (51,2 mln. doll) va Uychi (23,0 mln. doll) tumanlari viloyat eksport hajmida yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Norin (3 701,5 ming doll) va Chortoq (884,7 ming doll) tumanlari nisbatan kam eksportni amalga oshirgan.

Import hajmi bo‘yicha Namangan shahri (135,9 mln. doll), Chust (37,9 mln. doll) va Uychi (27,5 mln. doll) yuqori ulushga ega. Uchqo‘rg‘on (8 090,0 ming doll) va Mingbuloq (4 551,2 ming doll) tumanlarining viloyat import hajmidagi ulushi past ekanligi qayd etilgan.

Namangan viloyatida eksport qiluvchi korxonalar soni 384 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,1 % o‘sgan.

Import qiluvchi korxonalar soni esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2%ga pasayib, 926 tani tashkil etgan. Mazkur korxonalar tarkibida eksport qiluvchi qo‘shma korxonalar soni 35 tani tashkil etgan.

Viloyatda qo‘shma korxonalar tomonidan amalga oshirilgan tashqi savdo hajmi 148,4 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

Tashqi savdo tarkibi tahlil qilinganda, eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi (12,5 %), import tarkibida esa mashina va uskunalarning ulushi (37,3 %) yuqori ekanligi qayd etilgan.

Nurdinova Shoiraxon, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Sayfiddinov Samandar, NamDU 2-kurs talabasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar