2021 yilda viloyatdagi ulgurji savdo tovar aylanmasining hajmi 87 612 mlrd so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 42,7%ga ortgan. Viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 15 191,6 mlrd so‘mni tashkil etgan holda, 2020 yilga nisbatan 11,8 %ga ortgan.
Shahar joylarida ovqatlanish tashkilotlarini qo‘shgan holda, chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 143 551,0 mlrd so‘mni, qishloq joylarida esa 26 057,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Viloyatdagi chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida nooziq-ovqat tovarlar hajmi 92410,8 mlrd so‘mni, oziq-ovqat tovarlar hajmi esa 77197,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Viloyatdagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi tumanlar kesimida tahlil qilinganda, Namangan shahri (40,9%), Pop (8,7%) va Chust (8,1%) tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Mingbuloq tumanining umumiy chakana savdodagi ulushi esa 2,5%ni tashkil etadi.
2021 yilda chakana savdo tovar aylanmasining 2020 yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’ati Namangan (22,6%), Mingbuloq (16,9%) va To‘raqo‘rg‘on(16,4%) tumanlarida kuzatildi.
Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasining viloyatda o‘rtacha qiymati 5239,7 ming so‘mni tashkil qilgan. Namangan (9 511,9 ming so‘m) shahri, Pop (5 909,4 ming so‘m) va Norin(5 602,4 ming so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Chortoq (2996,7 ming so‘m), Mingbuloq (2954,3 ming so‘m) va Uychi (2952,3 ming so‘m) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Shoiraxon Nurdinova
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish