2021 yilda Namangan viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi 23557.2 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 4,6 % o‘sganligi ko‘rsatadi.
Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida dehqonchilik mahsulotlari 12066.10 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari 9310.87 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining 2020 yilga nisbatan o‘sish sur’atlari mos ravishda 16,8% va 11,2%ni tashkil etadi.
Viloyatda jami yetishtirilgan don va dukkakli don mahsulotlari 538 344 tonnani tashkil etib, shundan, 421 768 tonna bug‘doy, 47 752 tonna makkajo‘xori, 12 720 tonna sholi hisobiga to‘g‘ri keladi. 2021 yilda yetishtirilgan pilla hajmi esa 1 989,38 tonnani tashkil etadi.
Tuman(shahar)lar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari tahlil qilinganda, eng katta ulush Yangiqo‘rg‘on tumaniga (14,44%) to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Namangan shahri (11,05%), Chust (8,47%) va Uchqo‘rg‘on (8,40%) tumanlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi yuqori ekanligi qayd etildi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tuman(shahar)lar ulushi
2021 yilda viloyat bo‘yicha yetishrilgan jami 21 376,9 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotining asosiy qismi Yangiqo‘rg‘on (15,42%) tumanida yetishtirilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda nisbatan kam ulushga ega bo‘lgan huddlar sifatida Norin (6,64%), Mingbuloq (6,31%) va Kosonsoy (5,34%) tumanlarini ko‘rish mumkin. Viloyatda ovlangan baliqlar hajmi so‘nggi 12 yilda eng yuqori ko‘rsatkichga erishib, 11 187.2 tonnani tashkil qildi. Ovlangan baliqlarning asosiy qismi Pop (40,18%) va Mingbuloq (30,90%) tumanlari ulushiga to‘g‘ri keladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda, xususan, dehqonchilikda fermer xo‘jaliklarining ulushi 51,3%ga, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining ulushi 45,7%ga teng. Chorva mahsulotlari esa asosan dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari (88,7%) tomonidan yetishtiriladi.
Shoiraxon Nurdinova
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish