Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda xizmatlar sohasining umumiy hajmi 8 164,3 mlrd. so‘mni, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar – 56,4% va jami korxonalarda xizmatlar sohasidagi korxonalar ulushi 68,0% tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 110,4%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy (114,5%), Zarafshon (111,7%), G‘ozg‘on (110,6%) shaharlarida kuzatilgan bo‘lsa, Karmana (105,6%) va Tomdi (105,9%) tumanlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida xizmatlar sohasining eng yuqori hajmi Navoiy (3 194,4 mlrd. so‘m) va Zarafshon (1 066,9 mlrd. so‘m) shaharlari, Karmana (1 160,0 mlrd. so‘m) va Qiziltepa (759,0 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga G‘ozg‘on (25,4 mlrd. so‘m) shahar va Tomdi (92,9 mlrd. so‘m) tumanini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarining hajmi 7 680,5 ming so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 108,3%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha aks etdi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 315,0 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 1 960,5 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 1 252,7 mlrd. so‘m, avtotransport xizmatlari 1 114,3 mlrd. so‘m, Yashash va ovqatlanish xizmatlari 509,1 mlrd. so‘m, Savdo xizmatlari 2 458,1 mlrd. so‘m, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 132,2 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 283,2 mlrd. so‘m, sog‘liqni salash sohasidagi xizmatlar 109,6 mlrd. so‘m, ijara xizmatlari 103,9 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 127,2 mlrd. so‘m, shaxsiy xizmatlar 226,0 mlrd. so‘m, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 403,7 mlrd. so‘m va boshqa turdagi xizmatlar 283,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Izoh qoldirish