Jumladan, jami 5 113 ta xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, mavjud muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi. Bunda 711 ta kam ta’minlangan, ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadonlarida mutasaddi tashkilotlarni jalb qilgan holda joriy va kapital ta’mir ishlari olib borildi.
Shuningdek, jami 178 ta ko‘chada “Obod ko‘cha” mezonini joriy etish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 35,3 km yo‘llar asfaltlandi, 89 km shag‘al yotqizildi, 82,2 km lotok, ariq, kanal, kollektor-zovurlar tozalandi, 3,9 km ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlandi, 82,2 km yangisi yotqizildi, 5 ta suv inshooti o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 43 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 4 tasi o‘rnatildi, 42,5 km gaz quvuri ta’mirlandi, 1,2 km yangidan tortildi, 64 ta transformator ta’mirlandi, 12 ta yangisi o‘rnatildi, 1 885 dona simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, 29,1 km elektr simlar tortildi.
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 771 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi, 477 nafar shaxsning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi, 199 nafar fuqaroga 1 mlrd. 285 mln. so‘m miqdorida subsidiya, 184 nafar fuqaroga 3 mlrd. 704 mln. so‘m miqdorda kredit olinishiga ko‘maklashildi.
Shuningdek, 28 698 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularning 296 nafarini davolash ta’minlandi, 53 nafarining jarrohlik amaliyoti bepul o‘tkazildi.
Xizmat binosiga ega bo‘lgan mahallalardan 2 tasining idorasi kapital ta’mirlandi, 3 tasini qaytadan qurish va binosi bo‘lmagan 9 ta mahallaga yer maydoni ajratilib, idorani qurish ishlari tashkillashtirildi. Shuningdek, mahallalar hududida joylashgan jami 58 ta ijtimoiy soha ob’yektlari xatlovdan o‘tkazilib, ularda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Davlatimiz rahbarining “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish haqidagi topshirig‘i ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash maqsadida ikkinchi bosqichda joriy yilning IV choragida joylarda 56 ta mahallada namunaviy “Yo‘l xaritasi”da asosida ishlar belgilab olindi.
Mazkur “Yo‘l xaritasi”da mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlari holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash kabi sohalarda amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Izoh qoldirish