Ai-80 va Ai-90 binzenlarining narxlari ko‘tarilishi kutilmoqda

Ai-80 va Ai-90 binzenlarining narxlari ko‘tarilishi kutilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AYoQShlarida 2021 yil fevral oyidan benzin narxlari oshishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga ayrim neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga 1 fevraldan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishi sabab bo‘ladi.

1 fevraldan neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari quyidagicha o‘zgaradi:

  • 1 tonna Ai-80 benzini: amalda — 200 000 so‘m, 1 fevraldan — 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20%);
  • 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali benzini: amalda — 250 000 so‘m, 1 fevraldan — 275 000 so‘m (o‘zgarish 25 000 so‘m yoki 10%);
  • 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda — 200 000 so‘m, 1 fevraldan — 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20%);
  • 1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda — 180 000 so‘m, 1 fevraldan — 216 000 so‘m (o‘zgarish 36 000 so‘m yoki 20%).

Yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

  • 1 tonna benzin: amalda — 378 480 so‘m, 1 fevraldan — 465 530 so‘m (o‘zgarish 87 050 so‘m yoki 23%);
  • 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda — 346 275 so‘m, 1 fevraldan — 425 918 so‘m (o‘zgarish 79 643 so‘m yoki 23%).

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, AYoQShlarda Ai-80 benzini o‘rtacha 110 so‘mgacha (QQS bilan) qimmatlashishi mumkin.

Ai-90 va undan yuqori markali benzin narxlari o‘rtacha 60 so‘mdan 90 so‘mgacha qimmatlashishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar