Olot va Qorako‘l tumanlari aholisi 88 ta mahalla ilk bor va 5 ta mahalla uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Olot va Qorako‘l tumanlari aholisi 88 ta mahalla  ilk bor va 5 ta mahalla uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

"O‘zsuvta’minot" AJ Jahon banki ishtirokida "Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash" loyihasini ishlab chiqdi.

Loyihaga ko‘ra, Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 2021 yilda hozirgi 17,5 foizdan kamida 90 foizga yetkaziladi.

2021 yilda «Ikki daha» suv inshooti bitkazilib, ishga tushiriladi. Ushbu inshoot sutkasiga 50 ming kub metr suvni tozalaydi. Natijada 88 ta mahalla (267 ming aholi) ilk bor va 5 ta mahalla (25 ming aholi) esa uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

51 mingta suv hisoblagichi o‘rnatilib, tizimda zamonaviy SCADA texnologiyasidan foydalaniladi. 50 ta ijtimoiy va sanoat ob’yekti suv bilan ta’minlanadi.

Mazkur ishlar natijasida hududda infeksion kasallanishlar kamayadi, sanitar-epidemiologik holat yaxshilanadi, sog‘lom genofond shakllanishiga asos bo‘ladi va aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar