Prezident Olot tumanidagi o‘tgan yilgi tabiiy ofat oqibatlarining bartaraf qilinganidan so‘nggi ishlar qamrovini vertolyotda ko‘zdan kechirdi (foto)

Prezident Olot tumanidagi o‘tgan yilgi tabiiy ofat oqibatlarining bartaraf qilinganidan so‘nggi  ishlar qamrovini vertolyotda ko‘zdan kechirdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. Va u mazkur chekka tumandan boshlanayotgani bejiz emas. 2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar yetkazgandi.

Davlat rahbari zudlik bilan u yerga yetib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy ob’yektlarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Qisqa muddatda zarur ishlar bajarilib, hayot o‘z maromiga qaytdi.

Bu galgi safar chog‘ida Prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Olot, Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko‘p qavatli turar joy ta’mirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob’yektlari, yo‘llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.

Ayni paytda davlat rahbari shu yerlik aholi bilan muloqot qilmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar