O‘zbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi

O‘zbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 18, 4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan karam eksport qilgan.

O‘zbekiston eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:

  1. Qozog‘iston – 8,7 mln.
  2. Rossiya – 8,1 mln.
  3. Qirg‘iz Respublikasi – 524,5 ming
  4. Ukraina – 518,5 ming
  5. Belarus – 475,8 ming
  6. Boshqalar – 94,7 ming AQSh dollari

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida hududlar orasida Surxondaryo viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 4 438,5 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan karam eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich jami karam eksportining 24,1 % ni tashkil etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar