O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgardi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisoboti

O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgardi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisoboti

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning aprel oyi uchun avtomobil bozori tahlili natijalarini taqdim etdi.

Faollikning ikki oylik pasayishidan so‘ng O‘zbekiston avtomobil bozori ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Aprel oyida savdo hajmi o‘tgan oyga nisbatan 17%ga oshib, deyarli 90 ming donani tashkil etdi.

Yengil avtomobil segmentidagi vaziyat

Aprel oyida yengil avtomobillar savdosi 20%ga o‘sib, 77 mingtadan oshdi.

Aksariyat hududlarda faollikning o‘sishi kuzatildi

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida – 34%ga, Toshkent shahrida – 32%ga va Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 29%ga savdo hajmi sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 15%ga oshib, 26 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi 20,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 4%ga o‘sdi.

Yangi xorijiy yengil avtomobillar segmenti ijobiy dinamikani namoyish etishda davom etmoqda, sotuvlar ikki baravar o‘sdi va umumiy savdo hajmi oyiga 5,3 ming donani tashkil etdi.

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori sezilarli faollik ko‘rsatdi

2025 yilning mart oyida sotuvlar hajmi 2%ga qisqargan foydalanilgan yengil avtomobillar bozoridagi faollikning biroz sekinlashuvidan so‘ng, bozor aprel oyida kuchli tiklanishni ko‘rsatdi. Savdolar 22%ga oshib, sotilgan avtomobillar soni 52 ming donaga yetdi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Aprel oyida elektromobillar sotuvi biroz pasayganiga qaramay - o‘tgan oyga nisbatan 10%ga - yillik hisobda avtomobil bozorining ushbu segmenti barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, 2024 yilning apreliga nisbatan elektromobillar savdosi 37%ga oshgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar