2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi birlamchi avtomobil bozorining tendensiyalari

2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi birlamchi avtomobil bozorining tendensiyalari

Tahlil mahalliy va import ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvini qamrab olib, bozorning turli segmentlarida, jumladan elektromobillar bozorida yuz bergan asosiy o‘zgarishlarni aks ettiradi.

2025 yil davomida mahalliy va import ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,2%ga oshib, qariyb 370 ming donani tashkil etdi.

Hududiy kesimda eng yuqori faollik Sirdaryo (45%), Toshkent (36%), Namangan (26%) va Qashqadaryo (21%) viloyatida qayd etildi.

Shu bilan birga, yil davomida yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi hajmi Toshkent shahrida, Navoiy va Xorazm viloyatlarida kamaygani kuzatildi.

O‘tgan yil davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentidagi savdo hajmi 315 ming donanidan oshdi. Shu bilan birga, xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi taxminan 53,3 ming donani tashkil etdi.

Elektromobillar bozor o‘sishining asosiy drayveriga aylandi

O‘tgan yil davomida yangi elektromobillar sotuvi 35%ga oshib, 40,7 ming donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bozor o‘sishini ta’minlagan asosiy drayverlardan biri bo‘ldi.

Hududiy kesimda tahlil mazkur segmentda faollikning yuqori darajada jamlanganini tasdiqlaydi. Elektromobillar sotuvining asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, bu yerda 29 mingta yangi elektromobil realizatsiya qilingan, ya’ni umumiy hajmning 71%i.

Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati, Toshkent viloyati hamda Qashqadaryo viloyati qayd etildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar