Ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 90 ming donadan iborat bo‘lib, iyul oyiga nisbatan 9,5% kamaygan.
Eng katta pasayish Toshkent viloyatida, shuningdek, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Birlamchi avtomobil bozoridagi holat
Avgust oyida yangi yengil avtomobillar segmentida faoliyatning biroz kamayishi kuzatildi — sotuvlar 2 foizga pasayib, 37,6 ming dona avtomobilni tashkil etdi.
Segment doirasida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar ustuvor o‘rinni saqlab qoldi — ularning sotuv hajmi 32,6 ming donani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga kamaydi.
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarning sotuvi 4,9 ming donani tashkil etdi, bu esa iyul oyi ko‘rsatkichidan 9,4% kam.
Ikkillamchi avtomobili bozori nisbatan barqarorlikni ko‘rsatdi
Avgust oyida ikkillamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 52,7 ming donani tashkil etdi, bu esa oldingi oyga nisbatan 14,3% kam.
Elektromobillar segmenti. Ikkillamchi bozorda 2,7 mingta elektromobil sotildi, bu iyul oyi ko‘rsatkichidan atigi 0,6% yuqori. Shu bilan birga, yillik hisobda o‘sish 4,6 barobar qayd etildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish