O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT MKK yig‘ilishida qatnashadi
Moskvada o‘tkaziladigan yig‘ilishda ShHT Sammitida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqiladi.
2020 yilning 11-14 fevral kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (ShHT MKK) yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilish kun tartibidan tashkilot faoliyatining joriy masalalari hamda Sankt-Peterburg shahridagi bo‘lajak ShHT Sammitida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish o‘rin olgan.
ShHTning 2020-yildagi Asosiy tadbirlar rejasini kelishish va tasdiqlash kutilmoqda.
Izoh qoldirish