O‘zbekiston elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi buyicha dunyo mamlakatlari reytingida 6 pog‘ona pastladi. BMTning elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi bo‘yicha yangi so‘rovida (UN E-Government Survey, PDF) O‘zbekiston 193 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi.
Ikki yilda bir marta nashr etiladigan so‘rov natijalarida ta’kidlanishicha, infratuzilmaning sekin rivojlanishiga qaramay, O‘zbekistonda onlayn xizmatlar ko‘rsatish yaxshilandi.
O‘zbekistonning elektron hukumatning rivojlanish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) 0,66 ni (2018 yilda — 0,62) tashkil etdi, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,60 ga yuqoridir. Ushbu reytingi peshqadami — Daniyaning ko‘rsatkichi — 0,97. Osiyo mamlakatlari orasida peshqadam Janubiy Koreya — 0,95. Qozog‘iston esa Markaziy Osiyo mintaqasida peshqadamga aylangan — 0,83 (2018 yilda — 0,75).
EGDI uchta kichik indeksdan iborat: telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi, inson kapitali indeksi va onlayn xizmatlar indeksi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 0,47, 0,74 va 0,78 ni tashkil etdi.
Sharhning ikkinchi asosiy ko‘rsatkichi — Elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index, EPI) bo‘yicha O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 15 punktga yaxshiladi va 59-o‘rindan 46-o‘ringa ko‘tarildi. 0.80 indeksiga ega bo‘lgan O‘zbekiston EPI darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar guruhiga kirdi.
Elektron hukumatning rivojlanish darajasi sharhi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. Bu BMTga a’zo barcha davlatlar elektron hukumatlarining rivojlanish darajasini baholaydigan yagona global hisobotdir.
Elektron hukumat chekka yoki nochor jamoalarda yashovchi aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, ularga xizmatlarni taqdim etishda yordam beradi. Elektron hukumat nafaqat xizmatlarni taqdim etishda, balki raqamli savodxonlikni, raqamli integratsiyani, raqamli kirish va raqamli identifikatsiyani kuchaytirishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Elektron hukumatni rivojlantirishda mamlakatlar resurslarining cheklanganligi, raqamli infratuzilmaning yo‘qligi va imkoniyatlarning yetarli emasligi kabi muammolarga duch kelishadi.
Hisobotda aytilishicha, COVID-19 pandemiyasi elektron hukumatlarning rolini kuchaytirdi. Chunki ijtimoiy masofani saqlash interaktiv ta’sirning kuchayishiga olib keladi va buning natijasida raqamli xizmatlar keng rivojlanmoqda. Elektron hukumat platformalaridan, shuningdek, inqirozlardan innovatsion usullar bilan chiqib ketishda ham foydalanish mumkin.
Masofaviy faoliyat zarur hisoblanganda, elektron hukumat vositalari hayotiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Kuchli va umumbashariy elektron hukumat tizimlariga ega bo‘lgan davlatlar aniq va tegishli ma’lumotlarni jamoatchilikka, mahalliy hokimiyat organlari va sog‘liqni saqlash muassasalariga taqdim eta olishdi. Shuningdek, rivojlangan elektron hukumatlar xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan hamkorlikda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishini kamaytirish va kiberxavfsizlik, ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash kabi imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha Sobiq Ittifoq mamlakatlarining reytingi
Mamlakat | Pozitsiyasi |
Kozog‘iston | 29 |
Rossiya | 36 |
Belarus | 40 |
Gruziya | 65 |
Armaniston | 68 |
Ukraina | 69 |
Ozarbayjon | 70 |
Moldaviya | 79 |
Qirg‘iziston | 83 |
O‘zbekiston | 87 |
Tojikiston | 133 |
Turkmaniston | 158 |
Izoh qoldirish