O‘zbekiston joriy yilda eng ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilgan

O‘zbekiston joriy yilda eng ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilgan

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston qiymati 1,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu yil 65ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston eksport hajmini o‘tgan yilning 10 oyiga nisbatan 209,9 mln AQSh dollariga oshirgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 543,6 mln;
  • Xitoy – 325,9 mln;
  • Qirg‘iziston – 223,9 mln;
  • Turkiya – 174,4 mln;
  • Polsha – 37,1 mln;
  • Qozog‘iston – 34,9 mln AQSh dollari.

2020 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 244,7 mln;
  • Andijon viloyati – 211,7 mln;
  • Farg‘ona viloyati – 201,1 mln;
  • Toshkent viloyati – 199,4 mln AQSh dollari.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar