O‘zbekiston-Pokiston hamkorligida 2,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda

O‘zbekiston-Pokiston hamkorligida 2,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda

Ushbu muhim tadbir doirasida Afg‘oniston Prezidenti A. G‘ani, Pokiston Bosh vaziri I. Xon, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti J. Borrel, AQSh Prezidentining yordamchisi E.Shervud-Rendall, shuningdek, 20 dan ortiq mamlakat tashqi ishlar vazirlari. Unda Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya kabi Markaziy Osiyo davlatlari va boshqalar qatnashadi.

Konferensiya doirasida 14 iyul kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston va Pokiston biznes vakillari ishtirokida to‘qimachilik forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Pokistonning To‘qimachilik kompaniyalari assotsiatsiyasi APTMA raisi Gohar Ejas boshchiligidagi Pokiston to‘qimachilik sanoati vakillaridan iborat yirik biznes delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Pokiston delegatsiyasi tarkibiga to‘qimachilik sanoatining 30 dan ortiq yirik korxonalari kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Gohar Ejas va Pokiston to‘qimachilik kompaniyalari ishbilarmon delegatsiyasi 2021 yilning fevral oyida Namangan viloyati salohiyati bilan tanishish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif yakunlari bo‘yicha «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi va Pokiston To‘qimachilik assotsiatsiyasi (ARTMA) o‘rtasida "To‘qimachilik sohasidagi O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari o‘rtasidagi savdo-investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida" 3 tomonlama memorandum imzolangan edi.

Forum «O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘magida tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonning tashqi savdo aylanmasi (Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo xaritasi ma’lumotlariga ko‘ra) 2020 yilda: eksport - 22,3 milliard dollarni, shu jumladan to‘qimachilik mahsulotlari 13,1 milliard dollar; import - 45,7 milliard dollar, shu jumladan to‘qimachilik mahsulotlar 3,2 milliard dollarni tashkil etgan. O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining importdagi ulushi 2020 yilda - 0,5% (16,5 million dollar) tashkil etgan.

To‘qimachilik sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar davlatlararo kelishuvlar va hukumatlararo komissiyalar va idoralararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Pokiston Islom Respublikasiga o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini olib kirishda, miqdorida bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi

- 3-20% va 17% QQS olinadi. Tarifdan tashqari tartibga solish choralari

- o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan Pokiston Respublikasining bojxona qoidalari ko‘zda tutilmagan va xaridorlarning xohishiga ko‘ra qo‘llanilishi mumkin.

Pokiston Islom Respublikasiga o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini eksporti (asosan ip): 2020 yilda - 16,5 million dollar (2019 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 164,6%); 2021 yil yanvar-iyun oylarida - 30,4 million dollar mahsulot eksport qilingan.

Forum doirasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, ARTMA raisi Gohar Ejaslar to‘qimachilik va savdo aloqalar yuzasidan taqdimotlar qildilar.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida mavjud foydalanilmagan imkoniyatlarni qayd etdilar. Gohar Ejas, xususan, o‘zbek paxtasi va iplari yuqori sifati bilan Pokiston kompaniyalari tomonidan yuqori baholanishini ta’kidladi. Pokiston ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasining asosiy iste’molchisi bo‘lib kelgan.

I.Haydarov Pokiston to‘qimachilik sanoatida yuqori malakali texnologlar mavjud bo‘lgan davlatlardan biri ekanligi, va texnologlar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalariga jalb qilinganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, hozirda tomonlar Pokistonlik kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va to‘qimachilik va tikuvchilik va trikotaj sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Pokiston kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, shuningdek tayyor brend mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy to‘qimachilik klasterini yaratish masalalarini ko‘rib chiqilayotganligini aytib o‘tdi.

Forum doirasida 2,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar