O‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasida tovarlar sotilishi 15 foizga kamaygan

O‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasida tovarlar sotilishi 15 foizga kamaygan

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 7 – 13 mart kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 915,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 15,2% ga kam. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Bunda sotuvlarning 87,0% - birja savdolari; 0,5% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 12,2% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 530,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 34,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 941 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,6% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 7,4% ikkinchi; 5,9% uchinchi; 11,4% to‘rtinchi; 23,6% beshinchi va 46,1% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 666,4 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 5 810,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi, undan 2 590,0 tonnasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 97 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 647,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 561,9 ming so‘mdan 15 092,4 ming so‘mgacha, ya’ni 8,9% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 196,8 ming tonna sement qo‘yildi va undan 98,9 ming tonnasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 24,7 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 600,7 ming so‘mdan 596,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 270 xaridor ishtirok etdi.

Qora metall

O‘tgan haftada 32 917,0 tonna qora metall birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 13 791,0 tonna qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 140 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3 448,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi qora metallning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 714,4 ming so‘mdan 9 331,5 ming so‘mgacha pasayganini ta’kidlash lozim.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar