O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati Koronavirusga qarshi kurash shtab ma’lumotiga tayanib, ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

"Respublika bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaksina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi", - deyiladi xabarda.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati SOVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta yetakchi korxonalar bilan ushbu vaksinalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganligini aytgan.

GAVI tashkiloti bilan hamkorlikda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini O‘zbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinishi bo‘yicha ishlar olib borilayotgani haqida xabar qilgan edik.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar