O‘zbekistondan xorijga 10 ming tonnaga yaqin quritilgan sabzi eksport qilingan

O‘zbekistondan xorijga 10 ming tonnaga yaqin quritilgan sabzi eksport qilingan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizdan 2020 yilning 10 oyida chet elga qiymati 4,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 9,9 ming tonna quritilgan sabzi eksport qilgan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga ko‘p.

O‘zbekiston quritilgan sabzini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar: Qozog‘iston – 9,4 ming tonna, Rossiya – 373,1 tonna, AQSh – 131,3 tonna, Germaniya – 26,4 tonna

2020 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, quritilgan sabzini eng ko‘p eksport qilgan hududlar: Toshkent viloyati – 4,8 ming tonna, Samarqand viloyati – 3,5 ming tonna, Namangan viloyati – 524,6 tonna, Toshkent shahri – 276,9 tonna

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar