O‘zbekistonga nechta elektromobil olib kelingan?

O‘zbekistonga nechta elektromobil olib kelingan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan.

  • 2018 yilda – 13 ta
  • 2019 yilda – 39 ta
  • 2020 yilda – 131 ta

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

  • Xitoy – 92 ta
  • Koreya Respublikasi – 13 ta
  • Gruziya – 7 ta
  • AQSh – 7 ta
  • Germaniya – 5 ta
  • Boshqa davlatlardan – 7 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSh dollari sarflangan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda lokalizatsiya darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar uchun bir xil sharoitlar yaratish kerakligini ta’kidlagan edi. Lokalizatsiya darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar uchun bir xil sharoitlar joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bunda, avtomobillarni sanoat usulida yig‘ish, yiliga 50-60 mingta hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar