1 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
So‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, kunlik kasallanish darajasi tushib bormoqda, vaksina olgan aholi soni oshib, cheklovlar ham yumshatilmoqda.
«Ayni kunlarda O‘zbekiston mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish