O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kunining ikkinchi yarmida Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi doirasida Jidda shahriga keldi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ishbilarmonlarning aloqalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, tarkibini diversifikatsiya qilish zarurligi qayd etildi. Muzokaralarda raqamli va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Saudiyaning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi tijorat banklari, yirik sanoat va infratuzilma ob’yektlarini xususiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi. Bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri mamlakatimizda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishi bo‘ladi.
Bundan tashqari energetika va neft-kimyo sohalaridagi sheriklikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. Bugungi kunda kunda “ACWA Power” kompaniyasi bilan jami 2 milliard 600 million dollarlik yirik energetika loyihalari boshlangan. Kimyo tarmog‘ida “SABIC” kompaniyasi bilan sheriklik istiqbollidir.
Shu bilan birga Jidda shahrida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Saudiya Arabistoni tomonidan investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Ishbilarmonlar kengashining hamraisi – "ACWA Powyer" boshqaruv kengashi raisi Muhammad Abunayan, Saudiya Arabistonining “Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group”, “Jamjoom Pharma”, “Al-Rajhi International Investment”, “Flynas”, “Al Safeyer Travel, Tourism and Umrah Servicyes”, “Silk Road Co.”, “Alfaris International Group”, “Al-Moatasem Trading Company”, “United Feyed”, “Nesma Infrastructure & Technology”, “Mepco”, “Almutlaq Group”, “Umm Al Qura Development & Construction”, “Bin Dawood Holding Company”, “Batterjeye Group Company”, “BMG Financial Advisor” kabi 30 dan ortiq yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv natijasida O‘zbekistonda energetika, kimyo sanoati, infratuzilmaviy va uy-joy qurilishi, farmatsevtika, tibbiyot, transport va logistika sohalarida kelishuvga erishilib, qiymati 14 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 15 ta kelishuv va shartnomalar imzolandi.
Izoh qoldirish