Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan jami 66,7 ga yer maydonida 8 ta sanoat zonalari, shundan 6 ta kichik sanoat zonasi, 1 ta erkin iqtisodiy zonasi va 1 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilgan.
Mazkur 66,7 ga yer maydonida joylashgan sanoat zonalarining 10,7 ga infrastrukturaga band bo‘lgan yerlar, 28,2 ga loyihalarni joylashtirish mumkin bo‘lgan yer maydonlari va 27,8 ga muammoli yer maydonlari toifasiga kiradi. Jumladan, bugungi kunga kelib loyihalarni joylashtirish mumkin bo‘lgan 28,2 ga yer maydonlarining 6,1 ga (21,6%) mavjud investitsiya loyihalari joylashtirilgan, 1,5 ga yangi investitsiya loyihalarni joylashtiriladigan va 20,7 ga (73,4%) bo‘sh yer maydonlari hisoblanadi.
Sanoat zonalari joylashgan 9,3 ga yoki 13,9% yer maydonlari investitsiya loyihalarini tashkil etish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan.
Kichik sanoat zonalari bo‘yicha:
Tumanda joylashgan jami 48 ga yer maydoni va 1103,6 ming kv.metr bino-inshootlarida 6 ta kichik sanoat zonalari ("Chelak MTP", “Halqobod muqobil MTP xududi”, “Xo‘ja Ismoil MFY”, “Birlashuv MFY”, “Topalos massivi” va “Go‘zal MFY” KSZlar) faoliyat ko‘rsatib, KSZlar qurilish materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, charm-poyabzal sanoati va mebel sanoati yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan.
KSZ joylashgan jami 48 ga yer maydonining 8,1 ga infrastruktura bilan band bo‘lgan yerlar va 14,4 ga loyihalarni joylashtirish imkoniyati mavjud yer maydonlari va 25,5 ga muammoli yer maydonlari (“Topalos massivi” KSZ - 3 ga, “Birlashuv MFY” KSZ - 4,5 ga va “Go‘zal MFY” KSZ - 18 ga) toifasiga kiradi.
O‘z navbatida, “Halqobod muqobil MTP hududi” KSZda 10 ga va “Xo‘ja Ismoil MFY” KSZ 1,3 ga yer maydonlari tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilmasdan bo‘sh turibdi.
Bugungi kunga qadar, kichik sanoat zonalari joylashgan 48 ga yer maydonlaridan 1,3 ga (2,7%) bo‘lgan maydonlar investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarilgan.
Jumladan, "Chelak MTP" KSZ balansida bo‘lgan 2,4 ga, “Halqobod muqobil MTP xududi” KSZda 18,6 ga, “Xo‘ja Ismoil MFY” KSZda 0,2 ga, “Birlashuv MFY” KSZda 4,5 ga, “Topalos massivi” KSZda 3 ga va “Go‘zal MFY” KSZ ixtiyoridagi 18 ga yer maydonlari auksionga chiqarilmasligi tumanning investitsion jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Erkin iqtisodiy zonasi bo‘yicha:
Tumanning Choshtepa massivida joylashgan 16,4 ga yer maydonida “Payariq tumanidagi Urgut EIZ filiali” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Mazkur sanoat zonasining 5,6 ga yer maydoni infratuzilmaga band bo‘lgan yerlar va 10,9 ga loyihalarni joylashtirish mumkin bo‘lgan yer maydonlari toifasiga kiradi.
Bugungi kunga kelib 8 ga (48,8%) yer maydonlari investitsiya jalb etish uchun auksion savdosiga chiqarilgan bo‘lib, shundan 4 ga yer maydonlari yangi investitsiya loyihalari joylashtirilishi uchun auksionda sotilgan (36,7%) hamda 4 ga yer maydoniga investorlarni jalb etilishi ustida ish olib borilmoqda. Hozirda zonaning 6,9 ga (63,3%) bo‘sh yer maydonlariga investorlar tomonidan qiziqishlar bildirilmasdan investitsiya loyihalari joylashtirilmasdan qolmoqda. Sanoat zonasining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilmaganligi zonaning tadbirkorlar uchun investitsion jozibadorligini tushirmoqda.
2023-2024 yillar davomida EIZ hududida qiymati 13,1 mlrd. so‘m bo‘lgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shundan 2 km ichimlik suvi tarmog‘i (1,3 mlrd. so‘m), 1 km kanalizatsiya tarmog‘i (0,6 mlrd. so‘m), 2 km avtomobil yo‘llari (2,0 mlrd. so‘m), 0,8 km elektr energiya tarmog‘i va 1 ta TP (0,5 mlrd. so‘m) hamda 20 km gaz ta’minoti tarmog‘i va 2 ta GRP (8,8 mlrd. so‘m) qurilishi rejalashtirilgan.
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi bo‘yicha:
Tumanda joylashgan 2,3 ga yer maydonida “Xalqobod” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilgan. Mazkur YoSTZ muammoli yer maydoniga ega zona hisoblanadi. Buning natijasida, bugungi kunga qadar YoSTZning bo‘sh yer maydonlarining toifasi tegishli tartibda o‘zgartirilib, auksion savdosiga chiqarilmaganligi sababli qiymati 15,0 mlrd. so‘mlik 22 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmasdan qolmoqda. Masalan, tashabbuskor tadbirkor Ergashev Xosilbek tomonidan qiymati 1,0 mlrd. so‘m bo‘lgan qulf va tugmalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmagan.
Izoh qoldirish