Qonunda Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalardagi vakolatlari aniq belgilandi.
Shuningdek, Qonunga Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi, ushbu huquqni amalga oshirish tartibi alohida modda sifatida kiritildi.
Qonun bilan Vazirlar Mahkamasiga masalalarni kiritish va ko‘rib chiqish tartibi belgilab berildi.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Prezidenti va Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi masalalariga oid normalar kiritildi.
Shu bilan birga, Qonunga Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid alohida bob kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish