Jahon matbuoti şarhi

Jahon matbuoti şarhi

Xitoyda içki talabning zaiflaşişi iqtisodiy ösiş surʼatlarini sekinlaştirmoqda (WSJ)

Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga köra, 2026 yil oktyabr oyida sanoat işlab çiqarişining yillik ösiş surʼati sentyabrdagi 5,5 foizdan 4,8 foizgaça sekinlaşdi. Çakana savdo hajmi 0,4 foizga oşdi. Yanvar-oktyabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 8,1 foizga, jumladan, köçmas mulk sohasiga investitsiyalar 21,6 foizga qisqardi.

Isteʼmol talabining zaifligi va uy-joy bozoridagi davomli pasayiş iqtisodiy ösiş surʼatlarining sekinlaşişiga taʼsir etuvçi asosiy omillar bölib qolmoqda. Şu bilan birga, yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti sanoat işlab çiqarişi va iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda.

Germaniya energetika infratuzilmasini rivojlantirişga 6,6 mlrd dollar investitsiya kiritadi (Euronext)

Germaniyaning Uniper energetika kompaniyasi 2030 yilgaça 6 mlrd yevro (6,6 mlrd dollar) miqdoridagi investitsiya dasturini taqdim etdi. Yangi yönalişlardan biri maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari, jumladan, sunʼiy intellekt infratuzilmasi uçun energiya taʼminotini rivojlantiriş böladi. Kompaniya Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Şvetsiyadagi uşbu loyihalar uçun elektr tarmoqlariga ulaniş imkoniyatiga ega 700 MVt quvvatni taʼminladi. Xususan, mavjud elektr tarmoqlariga ulangan sobiq elektr stansiyalari hududlaridan foydalaniş rejalaştirilmoqda.

Investitsiya dasturi Uniper kompaniyasida davlat uluşini qisqartirişga tayyorgarlik doirasida taqdim etildi. 2022 yilda Rossiya gazi yetkazib berilişi töxtatilganidan söng Germaniya hukumati kompaniyani moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun 13,5 mlrd yevro ajratib, uning 99,12 foiz aksiyalariga egalik qilgan edi. Hozirda kompaniyaning nazorat aksiyalar paketini investorlarga sotiş imkoniyati körib çiqilmoqda. Prognozlarga köra, 2027 yilda kompaniyaning operatsion foydasi 1,2-1,5 mlrd yevroni taşkil etişi kutilmoqda.

Xitoy avtomobilsozlik kompaniyalarining yetkazib beruvçilar bilan hisob-kitoblari ustidan yillik nazoratni joriy etmoqda (CCTV)

Xitoy BYD, Geely, Chery va Xiaomi kabi 17 ta yirik avtomobilsozlik kompaniyasining yetkazib beruvçilar bilan hisob-kitoblarini har yili baholaş tizimini joriy etmoqda. Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi qaroriga muvofiq, yetkazib berilgan mahsulotlar uçun tölov muddati 60 kundan oşmasligi kerak. Kompaniyalar yiliga ikki marta hisobot taqdim etadi, Xitoy avtomobilsozlar assotsiatsiyasi esa har bir korxonaning kamida 15 ta yetkazib beruvçisini tanlab tekşiriş orqali maʼlumotlarning işonçliligini baholaydi.

Tekşiruv natijalari har yili eʼlon qilinadi. Yangi mexanizm yetkazib beruvçilar oldidagi qarzdorlikni qisqartiriş va insofsiz raqobatni çeklaşga qaratilgan.

Xitoy 2030 yilgaça barça maktab öquvçilarining sunʼiy intellekt böyiça savodxonligini taʼminlaşni rejalaştirmoqda (Reuters)

Xitoy texnologik rivojlaniş va AQŞ bilan raqobat strategiyasi doirasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaş maqsadida maktab taʼlimiga sunʼiy intellektni (SI) joriy etişni kengaytirmoqda. 2030 yilgaça mamlakatda barça maktab öquvçilarining SI böyiça savodxonligini taʼminlaş rejalaştirilgan. Provinsiyalar va munitsipalitetlarning yarmi majburiy öquv dasturlarini işlab çiqqan. Jumladan, Şanxayda har bir sinf uçun yiliga 30 soatlik SI taʼlimi joriy etilmoqda, Pekinda esa SI texnologiyalari qöllaniladigan 100 ta tajriba-sinov maktabi taşkil etiladi.

Dasturlar SI asoslari, dasturlaş, tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş hamda taʼlimni öquvçilarning individual ehtiyojlariga moslaştiriş uçun intellektual tizimlardan foydalanişni qamrab oladi. Ayrim hududlarda malakali öqituvçilar yetişmovçiligini qoplaş maqsadida ham SI texnologiyalari qöllanilmoqda. Şu bilan birga, texnologiyalarni joriy etiş sifati hududlar kesimida farq qilmoqda, SI savodxonligini baholaş böyiça yagona milliy standartlar hali mavjud emas. Şuningdek, öquvçilarning raqamli vositalarga haddan taşqari qaram bölib qoliş xavfi ham qayd etilmoqda.

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar