Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

Sanoat. Viloyatda 10 152,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 105,6 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika hududlari orasida 11-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4 foizni tashkil qilgan va hududlar orasida 8-o‘rinni egallangan. Shu jumladan viloyatda qayta ishlovchi sanoat-7394,1 mlrd.so‘m, qazib oluvchi sanoat-838,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

Sanoat mahsulotlarining 23,9%i (2021 yilning mos davrida 22,7%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi-8,3%, ishlab chikaradigan sanoat – 72,8%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash - 18,3%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 0,6%ni tashkil kilgan.

Viloyatda ishlab chiqarish sanoatining tarkibiga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 42,7%, kimyo mahsulotlari – 28,9%, oziq-ovqat mahsulotlari-19,5%, kiyim ishlab chiqarish – 3,2% va boshqa sanoat mahsulotlaridan iborat.

Viloyatda jami sanoat mahsulotlarining qariyb yarmi viloyatning 3 ta hududi - Nishon (17,5%), G‘uzor (17,2%), Qarshi shahri (14,5%)ga to‘g‘ri keladi. Dehqonobod (5,7%), Koson (4,8%), Yakkabog‘ (4%), Mirishkor (3,6%), Qarshi (3,1%), Muborak (2,9%), Qamashi (2,9%), Chiroqchi (2%), Shahrisabz (1,8%), Kitob (2,1%), Chiroqchi (2,1%), tumanlari va Shahrisabz shahri (1,7%)da ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi nisbatan past ulushni tashkil qilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati Mirishkor (142,6%), Dehqonobod (124,3%), Qarshi (118,7%), Qamashi (112,6%) tumanlarida yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, G‘uzor (99,3%), Nishon (90,3%) tumanlarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan.

Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi 2 965,6 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida 12-o‘rin) tashkil qilgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 foizga oshgan. Shuningdek, viloyat miqyosida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat hajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,4 baravar past bo‘lgan.

Nishon (viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan (3,7 baravar ko‘p), G‘uzor (2,8 baravar), Qarshi shahri (1,7 baravar), Kasbi (1,6 baravar), Dehqonobod (1,3 baravar), Qarshi (1,2 baravar), Muborak (1,1 baravar) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi viloyatning jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Chiroqchi (6 baravar), Kitob (3,8 baravar), Shahrisabz (3,5 baravar), Qamashi (2,7 baravar), Shahrisabz shahri (2,4 baravar), Yakkabog‘ (2 baravar), Koson (1,8 baravar), tumanlari ko‘rsatkichi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan past ko‘rsatkichni qayd etgan.

Iste’mol tovarlari. Viloyatda 2 089,6 mlrd so‘mlik (2021 yilga nisbatan 105,5%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 2,4% ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 12-o‘rinni egallagan.

Tarkibiga ko‘ra iste’mol mollarining 61,1%ini – oziq-ovqat mahsulotlari, 36,2% - nooziq-ovqat mahsulotlar, 2,7% - spirtli ichimliklar tashkil qiladi.

Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari hajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi 610,3 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,2%ga oshgan. Qarshi (viloyat o‘rtachasidan 2,9 baravar ko‘p), Shahrisabz (1,8 baravar) shaharlari, Mirishkor (1,3 baravar), Koson, Nishon (har biri 1,1 baravar) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ulushni tashkil qilgan. G‘uzor (2,2 baravar kam), Kasbi (1,9 baravar), Chiroqchi (1,8 baravar), Qamashi (1,7 baravar), Dehqonobod (1,6 baravar), ), Qarshi (1,3 baravar), Shahrisabz, Kitob, Muborak (har biri 1,1 baravar), tumanlari jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmi bo‘yicha viloyat o‘rtachasidan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining o‘sish sur’ati Koson (124,2%), Yakkabog‘ (120,1%) va Kasbi (114,4%) tumanlarida yuqori bo‘lgan.

Eldor Zayniddinov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar