Qashqadaryo viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Qashqadaryo viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Sanoat mahsulotlari. Viloyatda 6394,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 7-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1 foizni va hududlar orasida 8-o‘rinni egallangan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 3,9%, ishlab chiqariladigan sanoat - 65,8%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati - 29,8%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati - 0,5%ni tashkil qilgan.

Viloyatda ishlab chiqarish sanoatining tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari (41,3%), kimyo mahsulotlari (26,1%), oziq – ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (17,9%) asosiy o‘rinni egallaydi

Viloyatda sanoat ishlab chiqarish hajmida viloyatning 3 ta hududi - Nishon (27,9%), G‘uzor (15,3%), Qarshi shahri (11,4%) asosiy qismni tashkil qiladi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati Kitob (116,1%), Qamashi (109,8%), Nishon (108,7%) tumanlarida yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 1831,8 ming so‘m (Respublika hududlari orasida 10-o‘rin) bo‘lgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,0 foizga oshgan.

Iste’mol mollari. Viloyatda 1116,8 mlrd so‘mlik (2022 yilning mos davriga nisbatan 116%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 2,4 foizni tashkil qilgan holda hududlar orasida 11-o‘rinni egallagan. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat tovarlari hajmi 711,9 mlrd so‘m (o‘sish ko‘rsatkichi 108,3%), nooziq-ovqat tovarlari 404,9 mlrd so‘mni (110,2%) tashkil qilgan.

Tumanlar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmining yuqori ulushi Qarshi shahri (26%), past ulushi Ko‘kdala (2,8%) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 319,9 ming so‘m bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich Qarshi shahrida (1002,2 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa Qarshi (147,0 ming so‘m) tumanida kuzatilgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar