Qashqadaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi sohasida keskin o‘sish kuzatildi

Qashqadaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi sohasida keskin o‘sish kuzatildi

Viloyatda 2021 yilda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy miqdori 28 342,6 mlrd.so‘m (2020 yilga nisbatan 101,9% o‘sish) bo‘lib, shundan dehqonchilik – 11 117,7 mlrd so‘m, chorvachilik – 17 224,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Viloyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qiymatining Respublikadagi ulushi 9,4%. Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik ho‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi 41,4% (2020 yilda 42,2%)ni tashkil qilgan. Viloyat qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun foydalanilgan umumiy ekin maydoni 426 174 gektar (2020 yilda 454 629 gektar)ni tashkil qilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari 70,7%, fermer xo‘jaliklarining ulushi 26,2%, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 3,1%ni tashkil qilgan.

Viloyatdagi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining tumanlar kesimidagi hajmi bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, Chiroqchi (3 532,1 mlrd.so‘m), Koson (2 766,3 mlrd.so‘m), Qamashi (2 699,5 mlrd.so‘m), Kasbi (2 598,3 mlrd.so‘m), Kitob (2 474 mlrd.so‘m), Qarshi (2 431,3 mlrd.so‘m) tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi (mlrd. so‘mda)

2021 yil yakuni bo‘yicha viloyatda ovlangan baliqlarning jami hajmi 6 505,1 tonnaga yetib, respublikadagi ulushi 3,7%ni tashkil qildi. Nishon (2 102,0 tonna), Qarshi tumanlari (1 194,7 tonna) yuqori ko‘rsatkich, Mirishkor (857,1 tonna), Shahrisabz (637 tonna), Yakkabog‘ (550,3 tonna), Chiroqchi (453,1 tonna) tumanlari o‘rta ko‘rsatkich, Kitob (155,5 tonna), Kasbi (136,4 tonna), G‘uzor (133,7 tonna), Qamashi (119,4 tonna), Muborak (77,3 tonna), Koson (68,6 tonna) tumanlari va Qarshi shahri (20 tonna) past ko‘rsatkichni tashkil qilgan hududlar hisoblanadi.

Viloyatda yetishtirilgan don va dukkakli don ekinlarining jami hajmi 801 865 tonnani tashkil qilgan bo‘lib, shundan bug‘doy – 753 718 tonna, dukkakli don ekinlari – 11 937 tonnani tashkil qilgan. Shuningdek, viloyatda sut – 1 248 399 tonna, sabzavotlar – 504 998 tonna, go‘sht (tirik vaznda) – 310 808 tonna, kartoshka – 181 776,1 tonna, oziqbop poliz ekinlari – 177 112 tonna, mevalar va rezavorlar – 172 334 tonna, uzum – 100 579 tonna, asal – 1 303 ming tonna, tuxum - 519255 ming dona, olingan qorako‘l terilar - 256280 dona, pilla - 2141,6 tonnani tashkil qilgan.

Eldor Zayniddinov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qashqadaryo filiali Bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar