Jahon matbuoti şarhi

Jahon matbuoti şarhi

YeI va Buyuk Britaniya savdo tösiqlarini kamaytiriş va uglerod bozorlarini birlaştirişga kelişdi (Buyuk Britaniya hukumati)

20 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi (YeI) va Buyuk Britaniya oziq-ovqat savdosini soddalaştiriş, uglerod çiqindilari uçun ruxsatnomalarni özaro tan oliş, şuningdek, yoşlarning işlaşi va taʼlim olişi uçun imkoniyatlarni kyengaytiriş böyiça kelişuvga erişdi. Britaniya hukumati baholaşiça, uşbu çoralar 2040 yilga borib mamlakat YaIMini yiliga 22,3 mlrd dollarga yoki 0,5 foizga oşirişi mumkin.

Kelişuvga köra, qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosida sanitariya sertifikatlari va muntazam tekşiruvlarning aksariyati bekor qilinadi. Bu eksport xarajatlarini kamaytiriş va mahsulot yetkazib berişni tezlaştiriş imkonini beradi. Yangi qoidalarni 2028 yil 1 martdan joriy etiş rejalaştirilgan. Uşbu çoraning özi 2040 yilga borib yiliga 6,7 mlrd dollar qöşimça iqtisodiy samara berişi kutilmoqda.

Şuningdek, tomonlar uglerod çiqindilari savdosi tizimlarini boğlaş va tegişli tovarlarni çegaradagi uglerod tölovlaridan ozod qilişga kelişdi. 18-31 yoşdagi fuqarolar esa oldindan iş taklifini olmasdan, ikkinçi tomon hududida uç yilgaça yaşaş, işlaş va taʼlim oliş imkoniyatiga ega böladi.

Jahon aksiyalar bozori sunʼiy intellekt istiqbollarining qayta baholanişi taʼsirida qariyb 9 trln dollar yöqotdi (Reuters)

Reuters maʼlumotlariga köra, jahon aksiyalar bozorining umumiy qiymati avgust oyidagi eng yuqori darajaga nisbatan qariyb 9 trln dollarga kamaydi. Bunga texnologik kompaniyalar aksiyalarining haddan taşqari yuqori baholangani haqidagi xavotirlar va AQŞda foiz stavkalari yana oşirilişi kutilmayotgani emas, balki oşirilişi mumkinligi sabab bölmoqda. Mis va oltin narxlari ham pasaydi.

Yarimötkazgiçlar işlab çiqarişda muhim örin tutuvçi Tayvan aksiyalar bozori bir haftada qariyb 17 foizga pasaydi. Şu bilan birga, dollar asosiy valyutalarga nisbatan 19 oylik eng yuqori darajaga kötarildi. Investorlar xatarlarni kamaytiriş maqsadida davlat obligatsiyalariga mablağ yönaltirmoqda.

Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) şarhiga köra, fond boşqaruvçilari 2006 yildan buyon eng yuqori surʼatda texnologik aksiyalarga investitsiyalarni qisqartirmoqda. Biroq sörovda qatnaşganlarning atigi 3 foizi jahon iqtisodiyotida retsessiya kutayotgan bölsa, 50 foizi iqtisodiy pasayişsiz ösişning sekinlaşişini, 40 foizi esa yuqori ösiş surʼatlari saqlanişini prognoz qilmoqda.

Jahonda oziq-ovqat importi xarajatlari 2,27 trln dollarga yetadi (FAO)

BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) prognozlariga köra, 2026 yilda jahonda oziq-ovqat importi xarajatlari 2,27 trln dollarni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 1,9 foizga oşadi. Bu 2025 yildagi qariyb 8 foizlik ösişga nisbatan sezilarli sekinlaşişdir.

Daromadi past va örta bölgan mamlakatlarda oziq-ovqat importi xarajatlari 4,9 foizga, yuqori daromadli mamlakatlarda esa 0,4 foizga oşişi kutilmoqda. Jahon böyiça xarajatlar ösişida yuqori daromadli mamlakatlarning uluşi ötgan yilgi 79 foizdan 13 foizgaça kamayadi. Bu import xarajatlari ösişining asosiy qismi daromadi past va örta mamlakatlar hissasiga töğri kelişini anglatadi.

Umumiy ösişning sekinlaşişi asosan qahva va kakao narxlarining pasayişi bilan boğliq. Qahva, çoy, kakao va ziravorlar importi xarajatlari 11,9 foizga kamayişi, don mahsulotlari böyiça 3 foizga, moyli ekinlar böyiça 9,9 foizga, göşt mahsulotlari böyiça esa 6,9 foizga oşişi prognoz qilinmoqda.

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar