Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda muzlatgich ishlab chiqarish korxonasini ochiladi

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda muzlatgich ishlab chiqarish korxonasini ochiladi

Yaqin kelajakda xitoylik hamkorlar bilan Nurobodda zamonaviy muzlatgichlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA “O‘zeltexsanoat” ma’lumotiga tayanib.

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 1 gektar yer maydonida qad rostlashi kutilayotgan mazkur korxona «TESPACK» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan quriladi. 2021 yilda ishga tushirilishi belgilangan umumiy qiymati 2,5 million dollar bo‘lgan korxona loyihasi qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bu yerda yiliga 90 ming dona muzlatgich ishlab chiqarish, 120 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

- Korxona ishga tushgach, hudud aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligi ta’minlanadi, - deydi korxona rahbari Zafar Ahmadjonov. – Bugungi kunda korxonada qurilish ishlari jadal sur’atda davom ettirilmoqda. Zarur texnika va jihozlar Xitoydan olib kelingan.

Ayni paytda hamkorlar bilan xodimlarni o‘qitish va kasb ko‘nikmasini oshirish ustida ish olib borilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar