2023 yilning 1-iyul holatiga, Farg‘ona viloyatining doimiy yashovchi aholi soni yil boshiga nisbatan 83,7 ming kishiga (2,1%) ko‘payib, jami 4,0 mln. kishini tashkil etgan. Xususan, shahar aholisi 2,3 mln. kishiga (jami aholining 56,9%), qishloq aholisi esa 1,7 ming (jami alohiling 43,1%) kishiga yetgan. Aholi soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati respublikada Samarqanddan keyin (4 159 ming) 2-o‘rinni egalladi.
Joriy yilning 1-iyul holatiga aholi sonining taqsimlanishi, 2 025 ming nafar erkaklar (50,4%), 1 990 ming nafar ayollar (49,6%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimi bo‘yicha qaralganda, Farg‘ona shahri (318 ming), Qo‘qon shahri (306 ming) va Marg‘ilon shaharlari (249 ming) viloyatdagi eng ko‘ng aholi istiqomat qiluvchi hududlar, Yozyovon (118 ming), Quvasoy (100 ming), So‘x (83 ming) tumanlari esa viloyatdagi kam aholi istiqomat qiluvchi hududlar toifasiga kiradi.
Viloyat doimiy aholisi sonining 30%i mexnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 57% mexnatga layoqatli yoshdagilar va 13%i mexnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Viloyatda 2023-yil 1-iiyul holatiga, 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 594 kishi to‘g‘ri kelib, Marg‘ilon shahri (6 069 kishi), Farg‘ona shahri (2 140 kishi) va Uchko‘prik tumani (1 024 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kirgan.
2023 yil yanvar-iyun oylari davomida, tug‘ilishlar soni 48,1 mingtani, o‘limlar soni 8,4 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 10,2 mingtani va nikohdan ajralishlar 3,1 mingtani tashkil etgan.
Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 4,4 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan bo‘lsa, 5,6 ming kishi viloyatdan ko‘chib ketgan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish