SamDTIda O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining I-forumi tashkil etildi

SamDTIda O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining I-forumi tashkil etildi

Samarqand davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining I- forumi o‘z ishini boshladi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirni SamDTI rektori Jasur Rizayev ochib berdi va forumga 8 ta tibbiyot OTMlaridan tashrif buyurgan 100 dan ortiq talabalarga omad tiladi.

Forumdan maqsad: tibbiyotni fundamental va amaliy fanlari bo‘yicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarini jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilishdir.

Forumning birinchi kunida loyiha va roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rsatilgan loyihalar tibbiyot va tibbiy ta’lim darajasini oshirishga hissa qo‘shishi bilan bir qatorda kelajakda uni targ‘ib qilish uchun eng yaxshi loyihaga SamDTI rektori tomonidan mukofot pullari taqdim qilinadi.
Shuningdek, forum doirasida Samarqand shahar yoshlar markazida Talabalar sammiti bo‘lib o‘tdi. «Ta’lim sifatining pasayishi va shu bilan birga, mehnat bozorida tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining raqobatbardoshligining tushishi» mavzusi muhokama qilinadi.

Bu kabi dolzarb muammo bo‘yicha munozaralar olib borildi. Forumning ikkinchi kunida yetakchi mutaxassislardan ma’ruzalar, «Zakovat» va «Munozara» intellektual ko‘ngilochar tanlovlari o‘tkaziladi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar