SE Markirovkasi- Yevropa davlatlariga to‘siqlarsiz eksportda katta imkoniyat yaratadi

SE Markirovkasi- Yevropa davlatlariga to‘siqlarsiz eksportda katta imkoniyat yaratadi

Yevropa bozori mahsulotlarning sifati va xavfsizligi borasida o‘ziga xos talablarga ega. Yevropa bozorlariga ayrim turdagi mahsulotlarni eksport qilishda SE Markirovkasi talab qilinadi. SE Markirovkasi bu Yevropaning mahsulotlarga qo‘ygan sifat va xavfsizlik talabidir.

2020 yilning 28 sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida «SE» markirovkasi qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

«MED PROTECT TECHNOLOGY” korxonasida yuz niqoblarini xalqaro ISO13485 standarti talablariga moslashtirish ishlari olib borildi va xalqaro standart joriy qilindi. Natijada korxonada Yevropa Ittifoqining EUROCERT idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qo‘llashga erishildi. 2020 yilda korxona SE markirovkasini qo‘llash orqali bir yuz ellik ming dollarlik mahsulot Germaniya davlatiga eksport qilindi.

Shuningdek, «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan “Nur Muxammad Islom Obod” MChJda tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqarishda xalqaro standart joriy qilindi. Natijada korxonada Yevropa Ittifoqining GLOBAL BUZINESS PROMATION GROUP. SP. Z.O.O idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qo‘llashga erishildi. 2020 yilda korxona tomonidan SE markirovkasini qo‘llash orqali uch yuz o‘n ming dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.

SE markirovkasi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropa davlatlariga to‘siqlarsiz eksport qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar