O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida shakarning narxi so‘nggi uch savdo kuni mobaynida pasayishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zRTXB” AJ axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, 2022 yil 25 martda o‘tkazilgan ochiq birja savdo natijalariga ko‘ra shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 8 735,8 ming so‘mdan 8 564,3 ming so‘mgacha, ya’ni 2 foizga pasaygan.
So‘nggi ikki savdo kunlarida birjada shakarni xarid qilish bo‘yicha nisbatan yetakchilik qilgan hududlarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati (33%), Samarqand (15%), Qashqadaryo (12%), Farg‘ona (8%) va Andijon viloyatlari (7%) kirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 24 martda shakarning birjadagi sotuv narxi 14 foizga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 8 735,8 ming so‘mni tashkil qilgan edi.
Izoh qoldirish