Shavkat Mirziyoyev va ishbilarmonlar: tadbirkorlik sohasidagi yettita asosiy yo‘nalish e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev va ishbilarmonlar: tadbirkorlik sohasidagi yettita asosiy yo‘nalish e’lon qilindi

Bugun, 2021 yil 20 avgust kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan birinchi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda 500 ga yaqin tadbirkor qatnashdi. Viloyatlardagi studiyalarda esa jami 2000 ga yaqin ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Birinchi ochiq muloqotga barcha – tadbirkorlar, vazirlik va idoralar, qolaversa, davlat rahbari ham tayyorgarlik ko‘rdi. Shu maqsadda 24/7 rejimida tadbirkorlarning murojaatlarini to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha shtab tashkil etildi.

Tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar kelib tushdi va shu kungacha, joylarda ularning ko‘pchiligi hal etildi.

Ochiq muloqot chog‘ida tadbirkorlarning dolzarb muammolari, ularni hal etish yo‘llari, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Prezidentning aytishicha, bugun O‘zbekistonda tadbirkorlar soni 1,5 million kishini tashkil etadi. Ushbu tadbirkorlarga qarashli korxonalarda 5 millionga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

Tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.

Men sizlar tomoningizdan ko‘tarilgan masalalar bilan atroflicha tanishib chiqdim. Shu bois, sizlarni qiynayotgan barcha muammo va savollardan to‘la xabardorman. Bugunga qadar eng dolzarb muammolarni tizimlashtirib, ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdik, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari bilan ochiq muloqot chog‘ida ko‘plab sohalarda turli mavzular yoritildi. Asosiy yo‘nalishlar e’lon qilindi, ular orasida eng muhim yettitasi:

  • moliyalashtirish va kreditlash;
  • soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini kamaytirish;
  • yer ajratish va xususiy mulk masalasi;
  • infratuzilma muammolari;
  • eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni eksport faoliyatiga jalb etishning yangi imkoniyatlari;
  • transport va logistika.

Shunday qilib, davlat rahbari mamlakatimizda tadbirkorlik sohasini isloh qilishning yangi dasturini shakllantirdi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar