O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tadi. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba yetakchilarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibiga muvofiq, YeOII doirasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish va ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yil dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.
Izoh qoldirish