Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami kunida katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklashni talab qilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami kunida katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklashni talab qilmoqda

20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari yaqinlashib kelayotgan yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklash talabini qo‘ymoqda. Shuning uchun ushbu ulug‘ sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi ko‘rsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar