Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Bugun, 11 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sammitda Kengash doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, investitsiya, «yashil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muloqot yakunida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar