Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qabul marosimi uyushtirdi
Qabul marosimida ikki mamlakat jamoat arboblari qatnashdi.
Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qabul marosimi uyushtirdi
Rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi.
Ular birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.
Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.
Izoh qoldirish