2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 8 515,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 11,2 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 78,8 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 6 foizi davlat byudjeti va 3 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 66,1 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 26,1 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 38 foizi (3 274 mlrd so‘m) Boyovut tumaniga, 21 foizi (1 768,8 mlrd so‘m) Xovos tumaniga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish