Joriy yil yil boshidan hokim yordamchilari tomonidan 167,4 ming xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, online-mahalla.uz platformasiga kiritildi. Xatlov natijalariga ko‘ra xonadonlar 4 toifaga bo‘lindi hamda toifasiga qarab har bir oila bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi.
4-toifa 52,3 mingta (31,2%) xonadon (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q) tashkil etdi.
Viloyatda 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 349,5 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 9 oy davomida oilakredit.uz platformasi orqali 2022 yil 1 oktyabrgacha 12 741 nafar tashabbuskorlarga 339,7 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berilgan. Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga ajratilgan kredit o‘rtacha 384,8 ming.so‘mni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga ajratilgan kredit Mirzobod tumanida viloyat o‘rtachasidan 1,3 barobarga (306 ming.so‘m), Oqoltin (320 ming.so‘m) va Sayxunobod (322 ming.so‘m) tumanlarida 1,2 barobarga kam.
Ajratilgan kreditlarning 61% (208,3 mlrd.so‘m) qishloq xo‘jaligi, 20% (68,8 mlrd.so‘m) ishlab chiqarish, 16% (55,4 mlrd.so‘m) xizmat ko‘rsatish, 2% (6,2 mlrd.so‘m) hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan.
Boyovut (45%), Xovos (38%), Guliston (42%), Sayxunobod (44%), tumanlari va Guliston shahrida (38%) ajratilgan kredit mablag‘larining asosiy qismi xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, Sirdaryo tumani (31%) va Yangiyer shahrida (26%) ishlab chiqarishni tashkil etish, Sardoba tumanida bog‘dorchilik (44%), Shirin shahri (45%) hamda Mirzaobod (34%), Oqoltin (28%) tumanlarida chorvachilikni rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan.
Kreditlarning 59 foizini 25 mln.so‘mdan yuqori 33 mln.so‘mgacha bo‘lgan kreditlar tashkil etadi.
5 mln.so‘mgacha - 11%, 20-25 mln.so‘mgacha - 9%, 15-20 mln.so‘m gacha - 8%, 10-15 mln.so‘mgacha – 7%, 5-10 mln.so‘mgacha – 4%, 33 mln.so‘mdan yuqori bo‘lgan kreditlar ulushi 1% ni tashkil etadi.
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan 7,28 mlrd.so‘m jumladan, Bandlik davlat jamg‘armasidan 2,1 mlrd.so‘m, Aholi tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasidan 3,2 mlrd.so‘m, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan 280,4 mln.so‘m va “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 1,7 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
2022 yil yanvar-sentyabr oylarida 13 830 nafar shundan, 5 686 nafar fuqarolar tadbirkorlikka, 8 144 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
Shundan 24% tikuvchilik, 14% pazandalik, 4% sartarroshlik, 2% elektropayvand, elektromontyorlik xizmatlari,1,4% kompyuter xizmatlari, 0,7% avtotransport vositalarini ta’mirlash va jihozlash kabi 21 turdagi kasb-hunarni egallashdi.
Bundan tashqari 9 669 ta fuqarolarga 4 869 gektar yer uchastkalari "E-AUKSION" savdo maydonchasi orqali ajratilib berilib, ularning bandligi ta’minlandi.
Joriy yilda 2 370 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 1 641 ta yuridik shaxs sifatida tadbirkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yildi
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 65,6 ming nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi, jumladan, 20,8 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 21,6 ming nafari o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida rasmiylashtirildi, 11,1 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 9,7 ming nafari ijara asosida yer ajratish hisobiga bandligi ta’minlandi.
Izoh qoldirish