2023 yil yanvar-iyun oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 61,3% (2022 yil yanvar-iyunida 63,0%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 114 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 64,6% ini tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Shirin va Yangiyer shaharlarida – 100,0%, Boyovut va Mirzaobod – 99,9%, Oqoltin – 98,8%, Guliston shahri – 87,1% tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston tumanida – 0,3%ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 152,9 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 66,9%ini tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Sardoba tumanida – 100,0%, Yangiyer shahrida – 99,7%, Guliston, Sayhunobod tumanlarida – 99,4%, Oqoltin tumanida – 98,4% kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Hovos tumanida – 9,3%ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2 385,7 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 32,6%i)ni tashkil qildi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (650,7 mlrd. so‘m), Guliston shahar (345,9 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (317,6 mlrd. so‘m), Shirin shahri (299,8 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 1 353,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 81,0%i) bajarildi va 2022 yilning shu davriga nisbatan 97,0%ni tashkil etdi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Guliston shahar (434,9 mlrd. so‘m), Mirzaobod (395,4 mlrd. so‘m), Sirdaryo (111,6 mlrd. so‘m), Yangiyer (104,1 mlrd. so‘m), Sardoba (63,5 mlrd. so‘m), Guliston (50,8 mlrd. so‘m) va Xovos (47,4 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2 028,7 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 92,0%ni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 105,5%ga o‘sishi kuzatildi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (766,4 mlrd. so‘m), Sirdaryo (428,6 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (191,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod (146,6 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 1418,3 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 50,7%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,7%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Guliston shahar (403,6 mlrd. so‘m), Sirdaryo (259,8 mlrd. so‘m), Yangiyer (157,1 mlrd. so‘m) va Mirzaobod (110,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 4 869,5 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 97,6%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,4%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Boyovut (879,0 mlrd. so‘m), Sayhunobod (640,3 mlrd. so‘m), Guliston (604,0 mlrd. so‘m) va Sirdaryo (567,3 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish