1-4 sentyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda ishtirok etish uchun ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi - ITBga a’zo mamlakatlarning pandemiyadan keyin ijtimoiy va iqtisodiy tiklanishi. Asosiy tadbirlardan tashqari, iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, islom moliyasi mavzularida qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Tadbirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ma’ruza qildi.
"Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va integratsion o‘zaro ta’sir o‘tkazish uchun katta salohiyatga ega. ITB metodologiyasi yordamida amalga oshirilgan hisob-kitoblar Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdoda 1,1 milliard dollarlik amalga oshirilmagan eksport salohiyati mavjudligini ko‘rsatadi", - dedi Markaz direktori Obid Hakimov.
Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat mahsulotlari 530 million dollarga, kimyo mahsulotlari 180 million dollarga, metallurgiya 120 million dollarga va yengil sanoat 110 million dollarni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga 600 million dollardan ziyod mahsulotlarni eksport qilish salohiyatiga ega.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, yaqin hamkorlik Markaziy Osiyoda sanoat va qishloq xo‘jaligi klasterlarini yaratishga yordam beradi, ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda kompensatsion ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mintaqaviy qiymat zanjirlarini rivojlantirish uchun transchegaraviy savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir.
Obid Hakimov Markaziy Osiyoda suv resurslari haqida gapirar ekan, mintaqada toza suv tanqisligi YaIMning 11 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.
"Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlanishning barqarorligi uchun suv resurslarining yetishmasligi jiddiy muammo hisoblanadi. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib Sirdaryo havzasida suv resurslari 5 foizgacha, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. 2050 yilga borib Markaziy Osiyoda toza suv tanqisligi yalpi ichki mahsulotning 11 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin", - dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.
Xalqaro tasnifda suv resurslarining mavjudligi nuqtai nazaridan Markaziy Osiyo davlatlari "yetarli darajada ta’minlanmagan" toifasiga kiradi, deya qo‘shimcha qildi Hakimov.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo suv resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtirish sohasidagi bir-biriga zid qarorlar tufayli har yili kamida 1,75 milliard dollar yo‘qotilmoqda.
"Mintaqaning rivojlanishi cheklangan miqdordagi sarmoyaga ega suv resurslari tugab borayotgan bir sharoitda ro‘y bermoqda, bu suvdan asosan sug‘orish maqsadlarida foydalanadigan mamlakatlarga ayniqsa, salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda", - deydi Obid Hakimov.
“Mintaqaning suv-energetika salohiyatidan unumli foydalanish mamlakatlar o‘rtasida ilgari sodir bo‘lgan, lekin 2000 yillarda keskin zaiflashgan hamkorlikni chuqurlashtirishga yordam berishi mumkin. So‘nggi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari.
ITBning Toshkentdagi yig‘ilishi pandemiya boshlanganidan buyon xalkaro mikyosdagi birinchi yirik offlayn tadbir xisoblanadi.
“Bank tashkil etilganidan buyon ko‘p tomonlama hamkorlik Bank missiyasining muhim vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda, har qachongidan ham, Islom mamlakatlari va umuman xalqaro hamjamiyat oldida millionlab odamlarning iqtisodiy rivojlanish afzalliklaridan bahramand bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan murakkab global muammolar turibdi”,- dedi Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser. “Bu yilgi yillik yig‘ilish bank a’zo mamlakatlariga ushbu muammolarni hal qilish uchun umumiy kun tartibini ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratadi”.
2016 yildan buyon O‘zbekiston rahbariyati ko‘p vektorli siyosatga sodiq qolgan holda, ITB bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda. Bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi aynan Toshkentda bo‘lib o‘tishi ham ushbu hamkorlikning samarasidir. Shu kungacha ITB O‘zbekistonda turli sohalarda 100 dan ortiq loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston uchun bunday yillik sammitning o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etib, mamlakat iqtisodiy sohasidagi islohotlar yutuqlarining e’tirof etishga xizmat qilmoqda.
Izoh qoldirish