Sodiq Safoyev: "Iqtisodiy rivojlanish uchun qonun ustuvorligi kerak"

Sodiq Safoyev:

Toshkent shahrida "O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyaning birinchi sessiyasi mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidagi muhim masalalarni hal etishda parlament va hukumat vakillik organlarining roli, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Sessiya doirasida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so‘zga chiqdi va so‘nggi yillarda parlamentda kuzatilgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

"Jamiyatimiz oldida turgan strategik maqsad – zamonaviy, barqaror rivojlanib borayotgan ijtimoiy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish parlamentning rolini yanada oshirishni talab etadi.

Jadal iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun qonun ustuvorligi kerak.

Davlat hokimiyatining aholi oldidagi javobgarligi uning faoliyatining shaffofligidir. Bunga erishish esa, birinchi navbatda, xalq vakillarining faoliyati bilan bog‘liq", dedi S.Safoyev.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar