Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

Sanoat. Viloyatda 3047 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 104,5 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha ryespublika hududlari orasida 13-o‘rin)ga oshgan.

Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 1,2 foizni tashkil qilgan va hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallangan. Jumladan viloyatda qayta ishlovchi sanoat hajmi-2686,2 mlrd so‘m, qazib oluvchi sanoat-85,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

Sanoat mahsulotlarining 37,4%i (2021 yilning mos davrida 42,4%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi-2,8%, ishlab chiqaradigan sanoat -88,2%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash -7,2%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish– 1,8%ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarish sanoatining tarkibiga ko‘ra to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish-42,7%, kimyo mahsulotlari-28,9%, oziq-ovqat mahsulotlari-19,5%, kiyim ishlab chiqarish-3,2%ni tashkil qiladi.

Viloyat bo‘yicha jami sanoat ishlab chiqarish hajmida tumanlar ulushi tahlil qilinganda eng yuqori ulush Jarqo‘rg‘on (17,4%), Termiz shahri (17,3%), Sherobod (9,8%), Denov (9,4%), Qumqo‘rg‘on (9,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Muzrabot (4,5%), Qiziriq (2,5%), Oltinsoy (2,4%), Angor (2%), Boysun (1,4%), Bandixon (0,6%) tumanlariga to‘g‘ri keladigan sanoat ishlab chiqarish hajmi past ulushni tashkil qilgan.

1-rasm. Tumanlar kesimida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining ulushi

Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Oltinsoy (121,8%), Bandixon (120,8%), Termiz (114,3%) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish indeksi yuqori natijaga erishgan.

Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi 1105,1 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin) tashkil qilgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,1 foizga oshgan. Shuningdek, viloyat miqyosida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat hajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichdan 6,4 baravar past bo‘lgan.

Termiz shahri (viloyat o‘rtachasidan 2,5 baravar ko‘p), Jarqo‘rg‘on (2,1 baravar), Termiz (1,9 baravar), Sherobod(1,3 baravar) tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.

Bandixon (viloyat o‘rtachasidan 4,9 baravar kam), Boysun (3,2 baravar), Oltinsoy (2,8 baravar), Angor (2,5 baravar), Qiziriq (1,7 baravar), Denov (1,6 baravar), Sariosiyo (1,5 baravar), Uzun (1,3 baravar) tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lgan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’atlari Oltinsoy (119,2%), Bandixon (117,5%), Termiz (111,8%) tumanlarida yuqori bo‘lgan.

Iste’mol mollari. Viloyatda 1093,5 mlrd so‘mlik (2021 yilga nisbatan 113,2%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 1,3%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Iste’mol mollari tarkibida nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi-56,4%, oziq-ovqat mahsulotlari-43,6%ni tashkil qiladi.

Termiz shahri (17,5%), Jarqo‘rg‘on (15,2%), Sho‘rchi (12,4%) tumanlarida iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, Muzrabot (4,8%), Angor (4,3%), Sherobod (3,9%), Uzun (3,8%), Boysun (3%), Qiziriq (2%), Bandixon (0,4%) tumanlarida past tendensiya kuzatilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan Qumqo‘rg‘on (171,8%), Termiz (151,5%), Sariosiyo (149,1%), Angor (134,8%), Muzrabod (132%), Oltinsoy (131,7%) tumanlarida iste’mol mollari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Denov (72,7%), Qiziriq (88,3%), Sho‘rchi (93,7%) tumanlarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan iste’mol mollari ishlab chiqarishning pasayish tendensiyasi kuzatilgan.

Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari hajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi 396,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Termiz shahri (viloyat o‘rtachasidan 2,5 baravar ko‘p), Termiz (2,3 baravar), Jarqo‘rg‘on (1,8 baravar), Sho‘rchi (1,6 baravar) tumanlarida jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.

Bandixon (viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan 7,6 baravar past), Qiziriq (2,2 baravar), Sherobod (1,9 baravar), Denov, Uzun (har biri 1,7 baravardan), Qumqo‘rg‘on, Boysun (1,5 baravar), Sariosiyo (1,4 baravar) tumanlarida jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Qumqo‘rg‘on (168,2%), Termiz (148,1%), Sariosiyo (145,9%), Angor (132%), Muzrabot (129,3%), Oltinsoy (128,9%), Jarqo‘rg‘on (125,5%) tumanlarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining o‘sish sur’ati yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Denov (71,3%), Qiziriq (86,5%), Sho‘rchi (91,5%) tumanlarida esa pasayish ko‘rsatkichi kuzatilgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar