Surxondaryo viloyatida 2434,6 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,8%ga oshgan.
Respublika qishloq xo‘jaligida viloyatning ulushi 7,3% bo‘lgan holda, hududlar orasida 8-o‘rin (Sirdaryo viloyatidan 2,3 baravar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2,2 baravar yuqori)ni egallagan.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibiga ko‘ra jami dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari-85,6%, fermer xo‘jaliklari-8,4%, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar-6%ni tashkil qilgan. Qishloq xo‘jaligida chorvachilikning ulushi-82,4%, dehqonchilik-14,8%, o‘rmon va baliqchilik-2,8%ni tashkil qilgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan chorvachilikning ulushi 117,4%ga oshgan.
Tuman (shahar)lar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini solishtiradigan bo‘lsak, Denov (380,1 mlrd so‘m), Uzun (235,6 mlrd so‘m), Qumqo‘rg‘on (217,5 mlrd so‘m), Jarqo‘rg‘on (209,5 mlrd so‘m), Sariosiyo (209,1 mlrd so‘m), Angor (200,7 mlrd so‘m), Termiz (182,8 mlrd so‘m), Sherobod (177,3 mlrd so‘m) tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Boysun (159,8 mlrd so‘m), Muzrabot (151,6 mlrd so‘m), Sho‘rchi (144,1 mlrd so‘m), Qiziriq (59,5 mlrd so‘m), Oltinsoy (59,4 mlrd so‘m), Bandixon (40,6 mlrd so‘m) tumanlari va Termiz shahri (7 mlrd so‘m) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Shuningdek, birgina Denov tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Termiz shahriga qaraganda 54,3 baravar, Bandixon tumanidan esa 9,4 baravarga kattadir. Tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’atini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda, birgina Sherobod tumanida (120,1%) sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Xususan, viloyatda jami 589 tonna kartoshka, 24294 tonna sabzavotlar, 35244 tonna so‘yish uchun yetishtirilgan tirik vazndagi qoramollar va parrandalar, 140057 tonna sut, 106682 ming dona tuxum, 74 tonna qirqib olingan jun mahsulotlari yetishtirildi.
Joriy yilning mos davrida viloyat bo‘yicha jami 199,3 tonna baliq ovlangan bo‘lib, shundan, 54,7%i Termiz (40,5%) va Denov (14,2%) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi viloyatning Jarqo‘rg‘on (8,8%), Sherobod (8,3%), Angor (7,3%), Sariosiyo (5%), Muzrabot (4,3%), Uzun (3,3%), Sho‘rchi (3,1%), Qumqo‘rg‘on (2,9%), Boysun (2%) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Viloyat ovlangan baliqlar hajmi bo‘yicha respublika hududlari orasida 12-o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish