2020 yil 25 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risida"gi nizomi tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, quyidagi shaxslarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlarning byudjetlari va Toshkent shahrining byudjeti mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lab beriladi.
– tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, bolalari, ota-onalari va qaramog‘idagi shaxslar) uchun har bir oila a’zosiga teng ulushda BHMning 500 baravari;
– tabiiy ofat oqibatida og‘irtan jarohati olgan fuqarolarga – BHMning 200 baravari, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan fuqarolarga – BHMning 150 baravari hamda yengil tan jarohati olgan fuqarolarga – BHMning 100 baravari miqdorida.
Izoh qoldirish