O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” yangi Farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni (keyingi o‘rinlarda – Belgi) berish amaliyoti joriy qilinadi;
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi;
- natijada: mazkur belgini joriy etish kelgusida kasalliklar, shu jumladan oziq-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish imkonini beradi;
- “yashil” toifadagi Belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno);
- Belgi tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi;
- tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) Belgini olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Izoh qoldirish